Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11-aprel. Papaning o‘g‘irlanishi, Fransiyaning xatosi, syogunlarsiz Yaponiya, Marchello Lippi 70 yoshda va boshqa voqealar

11-aprel. Papaning o‘g‘irlanishi, Fransiyaning xatosi, syogunlarsiz Yaponiya, Marchello Lippi 70 yoshda va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Jahon parkinson kasalligiga qarshi kurash kuni.
  • Xalqaro fashist konslagerlari asirlari ozod etilgan kun.
  • Milliy qahramonlar kuni (Kosta-Rika).
  • Ibodat kuni (Liberiya).
  • Ozodlik kuni (Uganda).

Voqea-hodisalar

  • 217-yil — Makrin Rim imperatori bo‘ldi.
  • 491-yil — Flaviy Zenonning o‘limidan so‘ng Anastasiy I Vizantiya taxtiga o‘tirdi.
  • 1111-yil — Rim papasi Pasxaliy II Germaniya qiroli Genrix V tomonidan o‘g‘irlandi.
  • 1241-yil — Vengriya qiroli Bela IV Botuxon tomonidan tor-mor etildi.
  • 1512-yil — Ravenna bo‘sag‘asidagi jang. Fransiya va Muqaddas liga armiyalari o‘rtasidagi jang fransuzlarning g‘alabasi bilan tugadi.
  • 1803-yil — Fransiya tashqi ishlar vaziri Sharl Taleyran Luizianani AQShga sotish taklifini kiritdi. Keyinchalik AQShga qarashli bu yerlarda 15 ta shtat (to‘liq va qisman) tuzilgan.
  • 1814-yil — Fontenblodagi shartnoma bilan Oltinchi koalitsiya urushi nihoyasiga yetadi. Napoleon Bonapart Elba oroliga surgun qilindi.
  • 1868-yil — Yaponiyada syogunatning bekor qilinishi.
  • 1899-yil — Ispaniya Puerto-Riko orolini AQShga topshirdi.
  • 1909-yil — bir yildan so‘ng Tel-Aviv deb atala boshlangan shaharga asos solindi.
  • 1919-yil — Xalqaro mehnat tashkiloti tuzildi.
  • 1945-yil — Buxenvald konslageri asirlari isyon ko‘tarib ozodlikka chiqishdi.
  • 2002-yil — Venesuelada davlat to‘ntarishi qilishga urinish yuz berdi.
  • 2011-yil — Minsk (Belarus) metrosining «Oktyabrskaya» stansiyasida portlash yuz berdi. Terrorchilar xurujidan 15 kishi halok bo‘ldi, 203 kishi jarohatlandi.

Tavallud kunlari

  • 146-yil — Lutsiy Septimiy Sever, Rim imperatori.
  • 1357-yil — Juan I Buyuk, Portugaliya qiroli, avislar sulolasi asoschisi.
  • 1492-yil — Margarita Navarrskaya, fransuz malikasi, qirol Fransisk I ning opasi, Fransiyaning birinchi ayol yozuvchilaridan biri.
  • 1755-yil — Jeyms Parkinson, ingliz shifokori. U 1817-yili bemorda qo‘llarning titrashi, mushaklar qotishi, harakatlarning sustlashib borishi va qadam tashlashning sekinlashuvi kuzatiladigan asab kasalligiga aniq tashxis qo‘ydi va shundan beri bu kasallik uning nomi bilan — parkinson kasalligi deb atala boshlagan.
  • 1907-yil — Frenk Uittl, ingliz muhandisi, ilk reaktiv dvigatellardan birini loyihalagan.
  • 1908-yil — Masaru Ibuka, «Sony» kompaniyasi asoschilaridan biri.
  • 1948-yil — Marchello Lippi, italiyalik futbol murabbiyi.
  • 1953-yil — Endryu Uayls, ingliz matematigi, Fermaning buyuk teoremasini isbotlab bergan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring