Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

11-may. «Olmos sutra», moliyaviy inqiroz, mustaqil Bahrayn, kompyuterga yengilgan Kasparov va boshqa voqealar

11-may. «Olmos sutra», moliyaviy inqiroz, mustaqil Bahrayn, kompyuterga yengilgan Kasparov va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Konstitutsiya kuni (Laos).
  • Birinchi egat olish bayrami (Tailand).

Voqea-hodisalar

  • 868-yil — xitoylik monax Van Sze «Olmos sutra»ni tayyorladi. Bu bizgacha yetib kelgan sanasi aniq ko‘rsatilgan yozma hujjatlarning eng qadimiysidir.
  • 1709-yil — Pfals nemislari ommaviy ravishda Shimoliy Amerikaga ko‘chib ketishni boshladi.
  • 1858-yil — Minnesota 32-shtat sifatida AQSh tarkibiga kirdi.
  • 1867-yil — London konferensiyasida Yevropa yetakchi mamlakatlari Lyuksemburg gersogligi mustaqilligini kafolatlashdi.
  • 1920-yil — Oksford universiteti eshiklari ayollar ta’lim olishi uchun ochildi.
  • 1927-yil — Amerika kinosan’at akademiyasi tashkil etildi.
  • 1928-yil — Nyu-Yorkda dunyoda birinchi bo‘lib muntazam teletranslyasiyalar yo‘lga qo‘yildi.
  • 1931-yil — Markaziy Yevropada moliyaviy inqiroz boshlandi.
  • 1939-yil — Xalxin-Gol nizosi boshlandi.
  • 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: fashistlar aviahujumlari oqibatida Londonning bosh konsert zali — «Kuins-holl» butunlay vayron qilindi.
  • 1944-yil — Qrim tatarlarini deportatsiya qilish haqida qaror chiqdi.
  • 1949-yil — Isroil BMTga a’zo bo‘ldi.
  • 1949-yil — Siam qirolligiga Tailand nomi berildi.
  • 1949-yil — Nyu-Yorkda birinchi «Polaroid» fotoapparatlari sotuvga chiqdi.
  • 1961-yil — «Ka-25» vertolyoti birinchi parvozini amalga oshirdi.
  • 1967-yil — Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya Yevropa iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishini rasman ma’lum qildi.
  • 1970-yil — BMT Xavfsizlik kengashi Bahrayn oroliga mustaqillik berish to‘g‘risida qaror chiqardi.
  • 1996-yil — Jomolungma cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan 8 nafar alpinist halok bo‘ldi.
  • 1997-yil — shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov IBM «Deep Blue» kompyuteriga yengildi.
  • 2000-yil — Hindistonda mamlakatning milliardinchi fuqarosi — Asta Arora tug‘ildi.

Tavallud kunlari

  • 1720-yil — Karl Fridrix Iyeronim fon Myunxgauzen, nemis baroni, uning hikoyalari asosida mashhur asar — «Baron Myunxgauzenning sarguzashtlari» paydo bo‘lgan.
  • 1854-yil — Otmar Mergentaler, amerikalik asli kelib chiqishi nemis ixtirochi, linotipni ixtiro qilgan.
  • 1904-yil — Salvador Dali, ispan rassomi.
  • 1930-yil — Edsger Deykstra, holland matematik-dasturchisi, tizimli dasturlash asoschilaridan biri.
  • 1974-yil — Benua Majimel, fransuz aktyori.
  • 1984-yil — Andres Inesta, ispaniyalik futbolchi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring