Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+11. Yana uchta hududda aholi orasida kasallik chiqdi

+11. Yana uchta hududda aholi orasida kasallik chiqdi

2020-yil 1-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3673 (+11) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 7 nafari poytaxtimiz (ularning 3 nafari aholi, 4 nafari esa statsionar karantindagi fuqarolar orasi)da qayd etilgan bo‘lsa, 1 nafardan Toshkent va Sirdaryo viloyatida aholi orasidan, 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2859 (+22) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring