Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

118 yillik bir jomadon shokolad topildi

118 yillik bir jomadon shokolad topildi

Foto: «Hurriyet.com.tr»

Buyuk Britaniyaning sobiq qirolichasi Viktoriya Janubiy Afrika urushi davrida harbiylarga jo‘natgan bir jomadon shokolad 118 yildan keyin topildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Qirolicha Viktoriya 1899-yili urushdagi harbiylarni rag‘batlantirish uchun ularga shokolad jo‘natmoqchi bo‘lgan. Qirollik oilasi mas’ullari shokolad ishlab chiqaradigan «Cadbury», «Fry» va «Rowntree» fabrikalariga shu masala yuzasidan murojaat qilishdi. Biroq bu fabrikalar egalari urushga qarshi edi. Lekin ular qirolichaning ra’yini qaytarolmay, o‘zlarining tijorat belgilarini qo‘ymasdan, tekinga harbiylar uchun shokolad tayyorlab berishdi. Shu shokolad yaqinda topildi.

O‘tgan oy London shahrida Birinchi jahon urushi davrida sovg‘a qilingan antiqa qutidagi shokolad kimoshdi savdosiga qo‘yilgandi. Uni bir ayol sotib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring