Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 13-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 13-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Foto:«Gazeta.uz»

Hukumatning tegishli farmoyishiga binoan, «Navro‘z» umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2021-yil 13-mart kuni mamlakatimizning barcha hududlarida «Obod va ko‘rkam mahallam» obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilandi.

Umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O.Ramatov rahbarligida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

Xayriya hasharini o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish alohida qayd etildi:

- mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;

- «Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam» shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash;

- umumxalq hashari doirasida bo‘lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish;

- avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv ob’yektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanganligini qatiy nazoratga olish;

- ushbu targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida joylarda ish beruvchilar tomonidan hasharda ko‘zda tutilgan ishlar uchun ishchilarni majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, shunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga jazo choralarini qo‘llash.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring