Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Quyoshni topgan» 13 yoshli maktab o‘quvchisiga 25 ming dollar berildi

«Quyoshni topgan» 13 yoshli maktab o‘quvchisiga 25 ming dollar berildi

Jorjiya Hatchinson.

Foto: «ScienceAlert»

AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi 13 yoshli maktab o‘quvchisi Jorjiya Hatchinson kattalar uddalay olmagan ishni bajardi — u Quyoshga o‘zi buriluvchi quyosh batareyasini yaratdi. Bu haqda «ScienceAlert» yozmoqda.

Quyosh nurlarini elektr energiyasiga aylantirib berishi uchun panellarga ultrabinafsha nurlar zarur, ya’ni nur panelga muayyan burchak ostida tushishi talab etiladi. Albatta, o‘zi buriluvchi panellar oldin ham ishlab chiqilgan, ammo ularda buning uchun qimmat moslamalar qo‘llaniladi, quyosh batareyalari cho‘ntakbop emasligining sabablaridan biri ham shu.

Hatchinson o‘ylab topgan tizim esa quyosh batareyalariga nur manbaini Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasining umumfoydalanishdagi ma’lumotlari bazasidan topib beradi. Bu axborot yordamida neyrotarmoq Quyoshning ayni paytda qayerdaligidan kelib chiqib panellarning og‘ish burchagini optimallashtiradi.

Jorjiyaning loyihasi «STEM Broadcom Masters» tanlovining bosh mukofoti — 25 ming dollar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari u o‘qiydigan maktabda «STEM» dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun ham moliyaviy ko‘mak ajratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring