Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

16-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 16-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -5 daraja, kunduzi +2 ... +4 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi -20 ... -15 daraja, kunduzi -12 ... -7 daraja sovuq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -15 ... -10, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi +1 ... +6 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi +1 ... +6 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Qamchiqda havo harorati kechasi -15 ... -10, kunduzi -10 ... -5, Chimyonda kechasi -13 ... -8, kunduzi -10 ... -5 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -10 ... -5, kunduzi +1 ... +6 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring