Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16-sentyabrda ham yurtimizda kasallanganlar ko‘pchilikni tashkil etdi — to‘liq ma’lumot

16-sentyabrda ham yurtimizda kasallanganlar ko‘pchilikni tashkil etdi — to‘liq ma’lumot

Foto: «News.yandex.com»

Shu yilning 16-sentyabr kuni mamlakatimizda 597 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, deya xabar berdi SSV.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Buxoro, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 416 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 162 nafar bemordan 45 474 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 279 nafar bemordan 469 nafari og‘ir, 259 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring