Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

17-oktyabrda ayrim hududlarda qor yog‘adi

17-oktyabrda ayrim hududlarda qor yog‘adi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, Toshkent shahrida 17-oktyabr kuni havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi ob-havo 1 daraja sovuq bilan 1 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib tursada, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, tog‘li hududlarning ayrim joylarida qor yog‘ib, tuman tushadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring