Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

17 tilda kuylaydigan va nomi maktab darsligiga kiritilgan 11 yoshli iste’dod

17 tilda kuylaydigan va nomi maktab darsligiga kiritilgan 11 yoshli iste’dod

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligida «Mening bayrog‘im – mening g‘ururim!» shiori ostidagi aksiya tadbirlarida faol ishtirok etganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida yosh umidli qo‘shiqchi Jo‘rabek Jo‘rayev ham shahar hokiminig maxsus sovg‘asi bilan taqdirlandi va o‘zining qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarni tabrikladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Chunonchi, bolakay 4 yoshligida otasi xizmat safariga ketadi, oilasi unga syurpriz qilish maqsadida Jo‘rabek qo‘shiq kuylagani aks etgan videoni internetga joylaydi, shu tariqa u o‘z iste’dodi bilan internetni zabt etadi.

Biroz vaqt o‘tgach, uni Andrey Malaxovning «Pust govoryat» ko‘rsatuviga taklif qilishadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Jo‘rabek o‘zbek estradasining mashhur vakillari — Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov, Ulug‘bek Rahmatullayev va boshqalar bilan bitta sahnada qo‘shiq kuylashga ulgurgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

O‘nlab xalqaro tanlov va festivallar sovrindoridir. Ko‘plab jamiyat va tashkilotlardan diplomlari, tashakkurnomalari va faxriy yorliqlari bor.

Bundan tashqari, yosh qo‘shiqchi haqidagi hikoya uning suratlari bilan birga 5-sinflar uchun ingliz tili darsligiga kiritilgan.

Bugungi kunda Jo‘rabek umumta’lim va musiqa maktablarida o‘qish bilan birgalikda, gastrol safarlariga ham chiqib turadi. Bolakay Moskvadagi Yangi yil tadbirlarida qatnashmoqchi, unga allaqachon taklifnomalar yuborishgan.

Jo‘rabek 17 xil tilda kuylaydi, yosh iste’dodimiz qo‘shiqlarini sayyoraning turli burchaklarida tinglashadi. Uni Andrey Malaxov, Maksim Galkin va Rossiya televideniyesi kanallarining boshqa ko‘plab boshlovchilari o‘z shoulariga taklif etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring