Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

17 yoshli Madina Osiyo o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi

17 yoshli Madina Osiyo o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi

Foto: «minsport.uz»

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining taekvondo bahslarida -49 kg vazn toifasida 17 yoshli Madina Mannopova final bahsida qatnashdi.

Tailandlik sportchiga qarshi kechgan final bahsida yosh sportchimiz imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Madina Mannopova finalga qadar chorak finalda livanlik Anna El Haddadni 11:5 hisobida, yarim finalda esa yaponiyalik Miyu Yamadani 14:11 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring