Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudhish YTH. Toshkentda 17 yoshli haydovchi urib yuborgan ikki ayol ham vafot etdi

Mudhish YTH. Toshkentda 17 yoshli haydovchi urib yuborgan ikki ayol ham vafot etdi

Foto: «Sputnik»

Toshkent shahar Olmazor tumani «102» tezkor raqamiga tushgan xabarga ko‘ra, 14-yanvar kuni soat 20:40 larda «Marokand» to‘yxonasi yaqinida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Muxbirimizning xabariga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan A.G. boshqa kishiga tegishli bo‘lgan «Spark» avtoulovini boshqarib ketayotib, ikki nafar ayol piyodani urib yuborgan. Ulardan biri 1970 yilda tug‘ilgan zangiotalik Z.R. olgan tan jarohati tufayli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda yo‘lda vafot etgan. Shuningdek, 1966 yilda tug‘ilgan Ko‘ksaroy QFYda yashovchi fuqaro S.A. kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring