Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

18-may. «Kentavr»ning cho‘ktirilishi, 515,3 km/soat, «A» seriyadan chetlatilgan «Milan», 102 yoshli a’lochi va boshqa voqealar

18-may. «Kentavr»ning cho‘ktirilishi, 515,3 km/soat, «A» seriyadan chetlatilgan «Milan», 102 yoshli a’lochi va boshqa voqealar

Фото: «Xabar.uz»


Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro muzeylar kuni.
  • Bayroq kuni (Gaiti).
  • Deportatsiya qurbonlarini xotirlash kuni (Qrim).
  • Maxtumquli she’riyati, hamjihatligi va tiklanishi kuni (Turkmaniston).

Voqea-hodisalar

  • 1268-yil — Misr mamluklari Antioxiyani egallashdi.
  • 1291-yil — salibchilarning Muqaddas yerdagi so‘nggi qal’asi — Akra mamluklar tomonidan zabt etildi.
  • 1565-yil — Usmonli turklar Malta oroli qamalini boshlashdi.
  • 1593-yil — Angliy maxfiy kengashi yozuvchi Kristofer Marloni hibsga olishga buyruq berdi.
  • 1652-yil — Britaniyaning Rod-Aylend mustamlakasida qulchilikni taqiqlovchi ilk qonun qabul qilindi.
  • 1724-yil — rus imperatori Yekaterina I ga toj kiydirish marosimi o‘tkazildi.
  • 1781-yil — Peru isyonchi hindulari sardori Tupak Amaru ispanlar tomonidan qatl etildi.
  • 1787-yil — tuluzalik ustalar birinchi bo‘lib oynaga yozish va rasm chizishni o‘zlashtirishdi.
  • 1804-yil — Napoleon Fransiya imperatori deya e’lon qilindi.
  • 1848-yil — Frankfurtda birinchi umumgerman parlamenti ochildi.
  • 1888-yil — AQShda birinchi grammofon plastinkasi namoyish etildi.
  • 1896-yil — Peterburgda birinchi kinoteatr ochildi.
  • 1915-yil — dunyodagi birinchi tank — «Yo‘ltanlamas» sinovdan o‘tkazildi.
  • 1923-yil — fransuz muhandisi Antuan Barnay raqamlar diskli teriladigan telefon uchun patent oldi.
  • 1934-yil — sobiq ittifoq politexnika institutlarida tarix tva geografiya fanlari o‘qitila boshlandi.
  • 1940-yil — Ikkinchi jahon urushi: marshal Anri Peten Fransiya mudofaa vaziri etib tayinlandi.
  • 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: italyan gersogi Spoleto fashistlar Xorvatiyasi qiroli (Tomislav II) deb e’lon qilindi.
  • 1943-yil — Ikkinchi jahon urushi: yapon suvosti kemasi Avstraliyaning «Kentavr» kema-gospitalini cho‘ktirib yubordi; 299 kishi halok bo‘ldi.
  • 1944-yil — Ikkinchi jahon urushi: Qrim tatarlari Markaziy Osiyoga deportatsiya qilindi.
  • 1951-yil — Koreya urushi: BMT Shimoliy Koreyani qo‘llab-quvvatlagan Xitoy uchun iqtisodiy sanksiyalar kiritdi.
  • 1951-yil — BMT shtab-kvartirasi Long-Aylendddan Manxettendagi hozirgi joyiga ko‘chib o‘tdi.
  • 1953-yil — amerikalik uchuvchi Jaklin Kokran samolyotda ovoz tezligidan tez uchgan birinchi ayolga aylandi.
  • 1954-yil — Kengir (Qozog‘iston) lageridagi mahbuslar isyoni.
  • 1954-yil — Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi kuchga kirdi.
  • 1956-yil — balandligiga ko‘ra dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turuvchi Lxotsze (Himolay) cho‘qqisini birinchi bo‘lib shveysariyalik Ernst Rays va Frits Luxsinger zabt etdi.
  • 1965-yil — Damashqda Isroil razvedkasi rezidenti Eli Koen osib o‘ldirildi.
  • 1967-yil — Honkong Buyuk Britaniya mulki bo‘lib qolayotganiga qarshi yuz minglab kishilar Pekin ko‘chalariga namoyishga chiqdi.
  •  1969-yil — AQShning «Apollon-10» kosmik kemasi uchirildi.
  • 1972-yil — Xarkovda «An-10» avariyaga uchradi; 122 kishi halok bo‘ldi.
  • 1973-yil — Chitada «Tu-104» samolyoti qulab tushdi; 81 kishi halok bo‘ldi.
  • 1974-yil — Hindiston atom quroliga ega oltinchi mamlakatga aylandi.
  • 1980-yil — Muqaddas Yelena vulqoni otilishi oqibatida Vashington shtatida 57 kishi halok bo‘ldi.
  • 1980-yil — Yevropa iqtisodiy hamjamiyati Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritdi.
  • 1980-yil — prezidenti va bir nechta o‘yinchilari firibgarlik, pora olish, kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilishda ayblangan «Milan» futbol klubi pastki ligaga tushirib yuborildi.
  • 1981-yil — Syurixda amerikalik yuguruvchi Renaldo Nexemia 110 metrni to‘siqlar osha 13 soniyada bosib o‘tib rekord o‘rnatdi.
  • 1989-yil — Litva SSR yuqori kengashi Litva suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi.
  • 1990-yil — Fransiyada «TGV Atlantique» elektropoyezdi 515,3 km/soat ko‘rsatkich bilan poyezdlar o‘rtasida tezlik rekordini o‘rnatdi.
  • 1992-yil — Turkmaniston konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1997-yil — irlandiyalik 102 yoshli Brijet Dirren Milliy universitetni a’lo baholar bilan bitirdi (jahon rekordi).
  • 1998-yil — minglab talabalar Jakartadagi Indoneziya parlamenti binosini egallab olishdi. Suxartoning 30 yillik borshqaruvi nihoyasiga yetdi.
  • 2005-yil — «SSKA» (Moskva) klubi Yevropa ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.

Tavallud kunlari

  • 1048-yil — Umar Hayyom, fors shoiri, matematik va faylasuf.
  • 1525-yil — Piter Breygel (to‘ng‘ich), flamand rassomi.
  • 1824-yil — Vilhelm Hofmeyster, nemis botanigi, o‘simliklar embriologiyasi asoschilaridan biri.
  • 1850-yil — Oliver Hevisayd, ingliz matematigi, fizik, atmosferaning yuqori qatlami — ionosfera mavjudligini bashorat qilgan.
  • 1868-yil — Nikolay II, Rossiya imperiyasi so‘nggi imperatori.
  • 1872-yil — Bertran Rassel, ingliz faylasufi, jamoat arbobi.
  • 1957-yil — Mishel Kretu, germaniyalik, asli kelib chiqishi avstro-rumin musiqachisi, «Enigma» loyihasi asoschisi va yetakchisi.
  • 1962-yil — Sandra, nemis pop-xonandasi.

Vafot etganlar

  • 1799-yil — Per Ogyusten Karon de Bomarshe, fransuz dramaturgi.
  • 1800-yil — Aleksandr Suvorov, rus sarkardasi.
  • 2001-yil — Aleksey Maresev, afsonaviy uchuvchi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring