Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2-aprel kuni 9211 kishi emlandi

2-aprel kuni 9211 kishi emlandi

Vaksinatsiyaning ikkinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9211 nafar fuqaro emlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Vaksina olganlarning 3726 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 5485 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi.

2-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Toshkent shahri (2313 nafar),
  • Qashqadaryo viloyati (1021 nafar),
  • Andijon viloyati (783 nafar),
  • Toshkent viloyati (740 nafar),
  • Namangan viloyati (713 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 aprel kuni 5018 nafar fuqaro emlangan edi.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring