Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2017-yilda o‘zbek avtoolamida yuz bergan eng muhim voqealar

2017-yilda o‘zbek avtoolamida yuz bergan eng muhim voqealar

Foto: «Sarzone.uz»

2017-yil O‘zbekiston avtomobil olami uchun katta voqealar va yangiliklar yili bo‘ldi. «Sarzone.uz» shu voqealarning eng muhimlarini qisqa satrlarda sanab o‘tdi.

  • Prezident topshirig‘i bilan respublika bo‘ylab 50dan ziyod patrul postlari olib tashlandi.
  • Samarqandda «Volkswagen Amarok» avtomobillari ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi.
  • MAN O‘zbekistonda «Lion’s Coach» avtobuslari ishlab chiqarishi e’lon qilindi.
  • O‘zbekistonda «Hyundai» yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarishi rejalashtirildi.
  • Yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar haydovchilari «Avtotest» markazida malaka oshirishi belgilab qo‘yildi.
  • O‘zbekistonlik haydovchilar yangi haydovchilik guvohnomasini ola boshlashdi.
  • Rossiyada «GM» avtomobillari savdosi misli ko‘rilmagan darajada – 9 barobarga o‘sdi.
  • O‘zbekistonda industrial akkumulyatorlar ishlab chiqarilishi e’lon qilindi.
  • «KAMAZ» OAJ O‘zbekistonda yuk mashinalarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
  • O‘zbekistonda elektromobil savdo xizmati paydo bo‘ldi.
  • «Hamkorbank» avtokredit berishni boshladi.
  • O‘zbekistonda harbiy mashinalar ishlab chiqarilishi aytildi.
  • «GM Uzbekistan» Chevrolet.uz yagona savdo portalini ishga tushirdi. Ushbu portal orqali real vaqt rejimida kerakli model va rangdagi avtomobilni hamda arizani ro‘yxatdan o‘kazish uchun eng yaqin avtosalonni tanlash imkoni yaratildi.
  • Angrenda yiliga 3 mln. yengil avtomobil shinasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi.
  • «Toyota Motor Corporation​»ning rasmiy dileri mamlakatimizga kirib keldi.
  • «Chiroyli» avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksion ochildi.
  • «GM Uzbekistan» avtomobillari 18 iyuldan boshlab so‘mdagi yangi narxlarga bog‘liq holda yana qimmatlashdi.
  • «Jizzax» erkin iqtisodiy hududida avtomobillar ishlab chiqaruvchi «UZBEKISTAN PEUGEOT CITROEN AUTOMOTIVE» zavodining qurilishi boshlandi. Ushbu zavod 2018 yilning mayidan ishga tushishi ko‘zda tutilgan.
  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari «GM Uzbekistan» avtomobillarini navbatsiz oladigan bo‘ldi.
  • O‘zbekistonda «Chevrolet Cruze» va «Chevrolet Tracker» ishlab chiqarilishi e’lon qilindi.
  • Samarqandda tramvaylar qatnay boshladi.
  • Toshkentdagi Turin politexnika universitetining bir guruh talabalari elektromobil ishlab chiqdi.
  • Xorazmlik iqtidorli muhandislar oddiy avtomobildan elektromobil tayyorlashdi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring