Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yilning 1-aprelidan FHDYo organlari tuman (shaxar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi

2018-yilning 1-aprelidan FHDYo organlari tuman (shaxar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi

Foto: Toshkent viloyati adliya boshiarmasi rasmiy sayti

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. Mazkur farmon bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar belgilandi. 

Xususan, hujjatda qayd etilishicha, 2018-yilning 1-aprelidan FHDYo organlarini ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shaxar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring