Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yil bo‘sag‘asida: «Kaspersky» qaysi qurilmalar kiberhujumlar nishoniga aylanishini ma’lum qildi

2018-yil bo‘sag‘asida: «Kaspersky» qaysi qurilmalar kiberhujumlar nishoniga aylanishini ma’lum qildi

«Kaspersky»: 2018-yilda OAV hamda ijtimoiy medialarga buzib kirish holatlari ko‘payishi mumkin.

Foto: «Wikipedia»

«Kasperskiy laboratoriyasi» zamonaviy texnologiyalar hamda internetga ulangan qurilmalar, xususan, bankomatlar, avtomobillar, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar (ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, tibbiy ma’lumotlar)ga bo‘lgan hujumlar soni  kelgusi yilda ham davom etishini ma’lum qildi.

Raqamli josuslik

Antivirus kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, ular ishonchli, ko‘pqatlamli kiberhimoyaga ega kompaniyalarning o‘ziga emas, balki ular foydalanadigan mashhur dasturlarga hujum qiladilar. Shaxsiy foydalanuvchilar esa 2018-yilda ham asosan «internet jihozlari» — veb-kameralar, routerlarga bo‘ladigan hujumlardan ko‘proq jabr ko‘radilar.

«Kasperskiy laboratoriyasi» avtomobillar egalarini smartfonlarga uyushtiriladigan hujumlardan ham ogohlantirmoqda. Buzg‘unchilar avtomashinaning bir necha funksiyalarini bajaradigan smartfonlarni buzib, uning ilovalarini manipulatsiya qilishi mumkin.

Ekspertlar, shuningdek, tibbiyot qurilmalariga kimberhujumlar oqibatida ularda saqlanadigan shaxsiy tibbiy ma’lumotlariga daxl etilishidan ham xavotirda.

«2018-yilda kutilayotgan kiberhujumlarning yana biri — bankomatlar», — deyiladi kompaniya xabarnomasida. Tahlilchilarning fikricha, ushbu bankomatlarga mini-kompyuterlar o‘rnatilishi oqibatida avtomatik ravishda qurilmaga zarar yetkaziladi — xakerlar pullarni o‘g‘irlashi yoki kartalar haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2018-yilda kibermaydonda kuzatiladigan yana bir xatar — OAV hamda ijtimoiy medialarga buzib kirish holatlari ko‘payishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring