Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yilda qabul qilinishi kutilayotgan yangi qonunlar bilan tanishing

2018-yilda qabul qilinishi kutilayotgan yangi qonunlar bilan tanishing

Foto: «Senat.uz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik. Dasturga ko‘ra yangi qonun loyihalari ishlab chiqilishi kutilmoqda.

1. Respublikada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus davlat organi (agentlik) tashkil etish hamda yangi tahrirdagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus davlat organi (agentlik) tashkil etish, uning vazifa va vakolatlari, davlat tizimiga jamoatchilik nazorati institutini keng joriy etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali va shaffof mexanizmlarini tadbiq etish kabi masalalar nazarda tutiladi.

2. «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablari va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish, shuningdek, «nogiron» tushunchasi o‘rniga «nogironligi bo‘lgan shaxs» tushunchasidan foydalanish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, davlat organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari, nogironlikni aniqlash va oldini olish, ularning ta’lim olishi va ishga joylashishiga ko‘maklashish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy shakl va mexanizmlarini belgilash, nogironlikni belgilashda qo‘llanilayotgan usullarni tubdan takomillashtirish
va boshqa qoidalar nazarda tutiladi.

3. «Aholining reproduktiv salomatligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida aholining reproduktiv salomatligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplari, sog‘lom oilani shakllantirish talablari, reproduktiv huquqlar, qo‘shimcha reproduktiv texnologiyalar, ya’ni kontratsepsiya, ekstrakorporal urug‘lantirish kabi tibbiy xizmatlarni rivojlantirish, reproduktiv salomatlikka oid boshqa qoidalar nazarda tutiladi.

4. «Fan to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida ilmiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari, ilmiy g‘oyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining vazifalari va funksiyalari, ularni samarali boshqarish, moliyalashtirish, moddiy-texnika ta’minoti va imtiyozlar, xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy kadrlarga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga oid qoidalar nazarda tutiladi.

5. Ekstremizm tahdidlarini oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etishga qaratilgan «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida ekstremizm tushunchasining ta’rifi, unga qarshi kurashish, oldini olish va bartaraf etish mexanizmlari, tamoyillari, usullari, mas’ul organlarning vakolatlari hamda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish masalalari belgilanadi.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring