Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yildan 33 ta muzey faoliyati tugatiladi

2018-yildan 33 ta muzey faoliyati tugatiladi

Olimpiya shon-shuhrati muzeyi

Foto: «meros.ziyonet.uz»

O‘zbekiston hukumatining 11-dekabrdagi qarori bilan 2017—2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, milliy va xorijiy tajribalar hisobga olingan holda eksponatlar xavfsizligi va saqlanishini yaxshilash, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va imkoniyati cheklangan shaxslarning muzeylarga kelishi uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida davlat muzey-qo‘riqxonalari tashkil etilib, Buxoro, Samarqand va Xivadagi muzey-qo‘riqxonalar faoliyati yaxshilanadi.

2018—2019-yillarda esa barcha shahar va tumanlardagi madaniyat va istirohat markazlarida hududlar tarixi, madaniyati, tabiati va odamlari hayoti haqida so‘zlovchi ko‘rgazma-ekspozitsiyalar ochiladi.

Yangi 7ta muzey ochilib, 21tasi qayta tashkil etiladi va 33ta muzey yopiladi. Dasturni amalga oshirish uchun 572,354 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring