Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilning 1-martidan 20 tumanda bolalar bog‘chasi uchun to‘lov miqdori pasaytirildi

2018-yilning 1-martidan 20 tumanda bolalar bog‘chasi uchun to‘lov miqdori pasaytirildi

Foto: «Kun.uz»

Respublikamizning ayrim tumanlarida davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdorini pasaytirdi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topdi, deb xabar beradi O‘zA.

Qarorga muvofiq, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki baravar pasaytiriladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring