Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018 yilning 10 oyida Toshkent viloyatida 1,5 mingga yaqin oila saqlab qolindi

2018 yilning 10 oyida Toshkent viloyatida 1,5 mingga yaqin oila saqlab qolindi

Bugungi kunda Toshkent viloyati hududida 2 million 910 ming 351 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, oilalar soni 788 280 tani tashkil etadi. Joriy yilning 10 oyi davomida ajrashish arafasida turgan 3 144 ta oiladan 1 492 tasi yarashtirilishiga erishilgan. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Bundan tashqari, boshqarma tomonidan ajrashishlarning oldini olish borasida nizoli oilalar bilan individual ishlar olib borilib, bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish uchun Markazga ko‘plab taklif va tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga, oilalar mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha har bir xonadonda muloqotlar olib borilmoqda, oilaviy mojarolarning kelib chiqish sabablari atroflicha o‘rganilib, tahlil etilmoqda.

Ajrashish holatlari nafaqat yosh oilalarda, afsuski, 3-4 nafar farzandi bor oilalarda ham kuzatilmoqda. Nizolar esa turli xil sabablar — er-xotin, qaynona-kelin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, oilaga uchinchi shaxslarning aralashuvi, ishsizlik, moddiy yetishmovchilik kabi muammolardan kelib chiqayotgani ma’lum bo‘lmoqda.

«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda shahar, tumanlar bo‘limlari xodimlarining sa’y-harakatlari bilan o‘tgan davrda viloyat miqyosida 145 ta notinch oilaning muammolari hal etilgan, spirtli ichkilikka ruju qo‘yish kabi illatlar va kelishmovchiliklar bartaraf etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring