Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilning birinchi choragida aholi gavjum joylarda yana 150 ta bankomat o‘rnatiladi

2018-yilning birinchi choragida aholi gavjum joylarda yana 150 ta bankomat o‘rnatiladi

Bankomat soni oshirilyapti, endi navbatlar ham qisqaradi.

Foto: «Dia.uz»

Mamlakat iqtisodiyotida naqd pullar bilan bir qatorda bank kartalaridan tovarlar va xizmatlarni xarid qilish, to‘lovlarni amalga oshirish uchun keng foydalanilmoqda.

Shuningdek, banklar tomonidan mijozlarning bank kartalaridan naqd pullarni istalgan paytda olish imkoniyatlari kengaytirilyapti.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning aholi gavjum joylarida bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 2017-yil dekabr oyida qo‘shimcha 159 ta bankomat o‘rnatilgan.

Joriy yilning I choragi mobaynida yana 150 ta bankomat o‘rnatilib, ularning soni 595 taga yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring