Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilning dastlabki oylarida eng ko‘p sotilgan smartfon nomi e’lon qilindi

2018-yilning dastlabki oylarida eng ko‘p sotilgan smartfon nomi e’lon qilindi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Strategy Analytics» tadqiqot kompaniyasi smartfonlar bozorining 2018-yil birinchi choragi hisob-kitoblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu davrda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini «iPhone X» egallagan bo‘lsa, qolgan uchta o‘rinlar ham «Apple» smartfonlariga tegishli, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«Strategy Analytics» ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning birinchi choragida butun dunyo bo‘ylab 16 million dona «iPhone X» yetkazib berilgan. Keyingi uchta o‘rinlarni «iPhone 8» (12,5 million), «iPhone 8 Plus» (8,3 million) va «iPhone 7» (5,6 million) egallagan.

Ta’kidlash kerakki, bunda gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar haqida emas, balki do‘konlar va omborlarga yetkazib berilgan mahsulotlar haqida ketmoqda.

«Samsung Galaxy S9» va «S9 Plus» flagmanlari mart oyi o‘rtalaridagina sotuvga chiqqanini ham unutmaslik kerak. Atiga bir yarim oy sotuvga bo‘lgan smartfon reytingning oltinchi pog‘onasini band etgan. Beshinchi o‘rinni esa «Xiaomi Redmi 5A» egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring