Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019 yilda G-20 sammiti Osakada bo‘lib o‘tadi

2019 yilda G-20 sammiti Osakada bo‘lib o‘tadi

Foto:RIA NOVOSTI

2019-yilgi G-20 davlatlari sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqida Yaponiya hukumati qaror qabul qilgan.

Dastlab hukumat bu nufuzli tadbirga mezbonlik qilish uchun ikki shahar — Osaka yoki Ayti prefekturasidagi Fukuoka shahri variantini ko‘rib chiqqan edi. Yakunda Osaka varianti tanlandi. Chunki Osaka rivojlangan infrastrukturaga ega, mehmonlarni yuqori darajada kutib olish imkoniyati bor. Shuningdek, yigirmatalik davlatlarining moliya vazirlari va bankirlari uchrashuvini Fukuokada tashkil etish ham ko‘rib chiqilmoqda.

Sammit kelasi yil iyun oyining oxirlaridan iyul oyining boshigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Yaponiya shu vaqtga qadar G-20 davlatlari sammitiga biror marta ham mezbonlik qilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring