Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2019-yil uchun «qora ro‘yxat» tuzdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2019-yil uchun «qora ro‘yxat» tuzdi

Foto: «UNIAN»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-yildagi eng katta xavflarni e’lon qildi. «Qora ro‘yxat»ga 10 ta xavf kiritilgan.

Global gripp pandemiyasi — eng asosiy xavflardan biri, biz uning qachon sodir bo‘lishini va qanchalik xavfli ekanini bilmaymiz, deya ta’kidlanadi tashkilot hisobotida. Sayyoramiz aholisi tez ko‘paymoqda, aholi migratsiyasi kuchaymoqda — grippni tez tarqatuvchilar odamlarning o‘zi.

Yana bir xavf — emlashdan voz kechish. Shunday bo‘lgan taqdirda bir paytlar emlash hisobiga yengilgan kasalliklar yana «bosh ko‘tarishi» hech gap emas, ta’kidlanadi JSST hisobotida.

JSSTning 2019 yil uchun tuzilgan ro‘yxatida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar — qandli diabet, saraton va yurak xastaliklari alohida o‘rin tutadi. Negaki, jahon bo‘yicha o‘limlarning 70 foizi (41 million nafar inson) shularning oqibatida yuz berishi taxmin qilinyapti.

Insoniyat salomatligi uchun xatarlar ro‘yxatida VICh-infeksiyalar ham bor.  

Ebola (Kongoda 2019-yilning o‘zida 460 kishining yostig‘ini quritdi) Zika va Nipax (miya yallig‘lanishiga olib keladi) viruslari, Yaqin Sharqda tarqagan respirator sindromi koronavirusi ham xavf-xatarlar ro‘yxatiga kiritildi. Qolaversa, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo uchun xos bo‘lgan Denge bezgagidan ham o‘ta ehtiyot bo‘lish talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring