Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yildan xonadonlarga qo‘riqlov texnik vositalarini o‘rnatish bepul amalga oshiriladi

2019-yildan xonadonlarga qo‘riqlov texnik vositalarini o‘rnatish bepul amalga oshiriladi

Foto: «Gazeta.uz»

«Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi joriy etiladi. 2019-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo‘riqlov texnik vositalari jihozlarini o‘rnatish, qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini ishonchli qo‘riqlash, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’yektlarni himoyalash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligin oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Aytib o‘tish kerakki, qo‘riqlash faoliyatini tashkil etishda hozirga qadar bir qator muammolar mavjud edi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi, mavjud qo‘riqlash tizimi va texnologiyalarining yetarlicha samarali emasligi ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.

Endilikda shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. «Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi amaliyotga joriy etiladi. Unga ko‘ra, butun respublikada texnik qo‘riqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

Buning natijasida qo‘riqlanadigan ob’yektlardan kelib tushgan xabar joyiga nafaqat qo‘riqlash xizmati xodimlari, balki eng yaqin patrul guruhining tez yetib borishini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Bundan buyon faqatgina ko‘chmas mulklar bilan birga, transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi ob’yektlarni qo‘riqlovga olishga e’tibor kuchaytiriladi.

Yangi turar joylar qurilishida ularni majburiy tarzda qo‘riqlash-yong‘in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi.

Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi darajasidan kelib chiqib, mahallalarini ularning xavfsizlik darajasining choraklik reytingini joriy etgan holda baholash hamda har yili «Eng xavfsiz mahalla» respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, fuqarolarga yengillik yaratish, o‘rnatiladigan qo‘riqlash texnikalarining sifatini oshirish maqsadida, qo‘riqlanadigan ob’yektlarda o‘rnatiladigan qo‘riqlov texnik vositalar va tizimlarini montaj, demontaj qilish, ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi «Qo‘riqlash Servis» davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

Bu esa, fuqarolarning qo‘riqlash xizmatiga ishonchini va o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmati orqali himoya qilishi kengayadi. Natijada fuqarolarning mol-mulkiga nisbatan bo‘ladigan jinoiy tajovuzlarning kamayishiga erishiladi.

Ulug‘bek Omonov,
IIV Tashkiliy departamenti
Yuridik ta’minlash boshqarmasi yetakchi yurist konsulti

Manba: uza.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring