Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21-aprel. Rim va Romul, Bobur Hindistonda, «qora polkovniklar», Pokistonning ma’naviy otasi va boshqa muhim voqealar

21-aprel. Rim va Romul, Bobur Hindistonda, «qora polkovniklar», Pokistonning ma’naviy otasi va boshqa muhim voqealar

Foto: «21.by»

Bayram va muhim sanalar

  • O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil topgan kun (O‘zbekiston).
  • Tiradentes kuni (Braziliya). 1792-yili portugallar Braziliya mustaqilligi uchun kurashgan Tiradentes(Juakin Joze da Silva Shaver)ni qatl etishgan.
  • Rimga asos solingan kun (Italiya).
  • Daraxt ekish kuni (Keniya).
  • Iqbol kuni (Pokiston). 1938-yilning 21-aprel kuni Musulmon ligasi prezidenti Muhammad Iqbol olamdan o‘tgan. Iqbol Pokistonning ma’naviy otasi sanaladi.

Voqea-hodisalar

  • 753 yil (mil. av.) — shu kuni Romul Rimga asos solgan deb hisoblashadi.
  • 1519 yil — ispan konkistadori Ernan Kortes kemasi Meksika qirg‘og‘iga langar tashladi.
  • 1526 yil — Panipatdagi birinchi jang. Bobur qo‘shini Ibrohim Lo‘diy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
  • 1782 yil — qirol Buddxa Yodfa Chulalok Siam(Tayland)ning yangi poytaxtiga asos soldi. U bizga Bangkok nomi bilan tanish.
  • 1809 yil — Landsxut jangi. Hozirgi Bavariyaga qarashli yerlarda kechgan bu jangda Napoleon Bonapart boshchiligidagi 77 ming kishilik fransuz qo‘shini 36 ming askarga ega Avstriya armiyasini tor-mor etgan.
  • 1863 yil — London metrosi ochildi.
  • 1898 yil — Ispaniya-Amerika urushi boshlandi. AQSh floti Kuba portlarini qamal qilishni boshladi.
  • 1944 yil — Fransiyada ayollar saylovda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
  • 1960 yil — Brazilia Braziliyaning yangi poytaxtiga aylandi. Bungacha Rio-de-Janeyro poytaxt edi.
  • 1964 yil — Britaniyaning «BBC 2» televizion kanali translyasiyasi boshlandi.
  • 1967 yil — Gretsiyada umumxalq sayloviga bir necha kun qolganida polkovnik Georgios Papadopulos harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi. «Qora polkovniklar» rejimi o‘rnatildi va 1974 yil iyuligacha hukumat tepasida bo‘ldi.
  • 1975 yil — Vetnam urushi: Janubiy Vetnam prezidenti Nguyen Van Txiyeu poytaxt Saygondan qochib jon saqlaydi. Shimoliy Vetnam armiyasi Janubiy Vetnam poytaxtini egallash yo‘lidagi so‘nggi istehkomni egalladi.
  • 1992 yil — Toshkentda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil topdi.
  • 2000 yil — Rossiya Davlat dumasi yadroviy sinovlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.

Tavallud kunlari

  • 1619 yil — Yan van Ribeyek, Keyptaunga asos solgan holland.
  • 1782 yil — Fridrix Fryobel, nemis pedagogi, «bolalar bog‘chasi»ga asos solgan.
  • 1816 yil — Sharlotta Bronte, ingliz yozuvchisi.
  • 1830 yil — Jeyms Starli, angliyalik velosiped ixtirochisi.
  • 1837 yil — Fredrik Bayer, daniyalik siyosatchi, Tinchlik byurosi asoschisi, Nobel tinchlik mukofoti laureati.
  • 1843 yil — Valter Fleming, nemis anatomi, sitogenetika asoschisi.
  • 1864 yil — Maks Veber, nemis sotsiologi, zamonaviy sotsiologiya asoschilaridan biri.
  • 1915 yil — Entoni Kuinn, amerikalik aktyor, ikki karra «Oskar» sohibi.
  • 1926 yil — Yelizaveta II, Buyuk Britaniya qirolichasi.
  • 1947 yil — Paolo Koelo, braziliyalik yozuvchi va shoir.
  • 1959 yil — Abdulla Yamin, Maldiv Respublikasi prezidenti.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring