Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

21-may. Xalqaro kosmos kuni, Avstraliya oltini, FIFA, vodorod bombasi va boshqa voqealar

21-may. Xalqaro kosmos kuni, Avstraliya oltini, FIFA, vodorod bombasi va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro kosmos kuni.
  • Xalqaro metrologiya kuni.
  • Terrorizmga qarshi kurashish kuni (Hindiston).
  • Mustaqillik kuni (Chernogoriya).

Voqea-hodisalar

  • 1091-yil — Rus davlatida quyosh tutilishi ilk bor qayd etildi.
  • 1502-yil — ispan dengizchisi Juan da Nova Atlantika okeani janubida Muqaddas Yelena orolini kashf qildi.
  • 1635-yil — Fransiya O‘ttiz yillik urushga kirishdi (1618 — 1648-yillar).
  • 1662-yil — Angliya qiroli Karl II Portugaliya malikasi Katarina Bragansa bilan turmush qurdi.
  • 1712-yil — Pyotr I Rossiya poytaxtini Moskvadan Sankt-Peterburgga ko‘chirdi.
  • 1792-yil — Yaponiyaning Kyusyu orolida Undzen vulqoni otildi; 15 ming kishi nobud bo‘ldi.
  • 1840-yil — Yangi Zelandiya britan mustamlakasiga aylandi.
  • 1851-yil — Avstraliyada birinchi oltin topildi.
  • 1904-yil — Parijda FIFA — Xalqaro futbol federatsiyasiga asos solindi.
  • 1945-yil — Suriya va Livan Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1956-yil — AQSh birinchi vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
  • 1969-yil — «An-26» transport samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
  • 1982-yil — Folklend urushi: Buyuk Britaniya Folklend orollariga dengiz desantini tushirishni boshladi.
  • 2006-yil — Chernogoriyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

Tavallud kunlari

  • 1471-yil — Albrext Dyurer, nemis musavviri.
  • 1527-yil — Filipp II Gabsburg, Ispaniya va Portugaliya qiroli.
  • 1860-yil — Villem Eyntxoven, holland fiziologi, elektrokardiogramma mexanizmlarini kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan.
  • 1878-yil — Glend Hammond, gidroplanni ixtiro qilgan.
  • 1921-yil — Andrey Saxarov, taniqli fizik va jamoat arbobi, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1927-yil — Orif Alimahsumov, O‘zbekiston xalq artisti, ustoz-murabbiy (2005-y. v.e.).

Vafot etganlar

  • 1471-yil — Genrix VI, Angliya qiroli.
  • 1619-yil — Jirolamo Fabritsio, italyan jarrohi va anatomi, embriologiya asoschisi.
  • 1786-yil — Karl Vilhelm Sheyele, shved kimyogar-dorishunosi, kislorodni kashf qilgan.
  • 1865-yil — Kristian Yurgensen Tomsen, daniyalik arxeolog, insoniyat tarixini tosh, bronza, temir davrlariga bo‘lib chiqqan.
  • 1889-yil — Gaston Plante, fransuz fizigi, qo‘rg‘oshinli akkumulyator ixtirochisi.
  • 1915-yil — Per Marten, fransuz metallurgi, po‘lat quyishning marten usulini ishlab chiqqan.
  • 1991-yil — Rajiv Gandi, Hindiston bosh vaziri (1984 —1989 yillar).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring