Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21 yoshli hind futbolchisi o‘z joniga qasd qildi

21 yoshli hind futbolchisi o‘z joniga qasd qildi

Politsiya hozircha o‘lim sababini aniqlay olmadi.

Foto: «Lenta.ru»

«Hindistonning «Sporting klub de Goa» klubi 21 yoshli futbolchisi Avrxisto Fernandes yangi yil kechasidan keyin o‘z joniga qasd qilgan», — deb yozadi «The Goal».

Voqea joyida sportchining do‘stlari ham bo‘lgan. Ular xonaga qamalib olgan do‘stini qutqarib ololmagach, qorovullar oynani buzishiga to‘g‘ri kelgan.

Politsiya hozircha o‘lim sababini aniqlay olmadi. Klubdagilar futbolchining o‘limi suiqasd ekanligiga ko‘proq ishonishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, yangi yil bayram kechasidan bir necha soat oldin marhum futbolchi bayram ibodatini amalga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring