Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22-aprel. Ona yer kuni, atom bombasining «otasi», Gvadalaxaradagi portlash, tutqunlikda 126 kun, Nils Borning ukasi va boshqa voqealar. 

22-aprel. Ona yer kuni, atom bombasining «otasi», Gvadalaxaradagi portlash, tutqunlikda 126 kun, Nils Borning ukasi va boshqa voqealar. 

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro ona yer kuni.
  • Braziliya kashf etilgan kun (Braziliya).
  • Qirolicha Izabella kuni (Ispaniya).
  • Qizlar kuni (Islandiya).

Voqea-hodisalar

  • 1370-yil — Parijda Bastiliya qal’asi qurilishi boshlandi.
  • 1500-yil — Pedru Alvaresh Kabral boshchiligidagi portugal eskadrasi Braziliya qirg‘oqlarini kashf qildi.
  • 1509-yil — otasining vafotidan so‘ng Genrix VIII Angliya taxtiga o‘tirdi.
  • 1519-yil — Ernan Kortes Meksika qirg‘og‘iga kelib tushdi va yevropaliklarning Meksikadagi birinchi shahri — Verakrusga asos soldi.
  • 1622-yil — Eron va Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi qo‘shma kuchlari strategik muhim Xo‘rmuz orolini portugallardan tortib oldi. Portugaliya Fors ko‘rfazi ustidan nazoratni boy berdi.
  • 1737-yil — Kvebekda Kanadadagi birinchi metallurgiya pechi o‘rnatildi.
  • 1793-yil — Jorj Vashington Yevropa mamlakatlarining inqilobiy Fransiyaga qarshi urushida AQShning betarafligi haqidagi deklaratsiyani e’lon qildi.
  • 1834-yil — Muqaddas Yelena oroli Britaniya qirollik koloniyasi deb e’lon qilindi.
  • 1838-yil — birinchi paroxod Atlantika okeanini suzib o‘tdi; Nyu-York portiga Angliyaning «Sirius» parrakli yo‘lovchi paroxodi kirib keldi.
  • 1915-yil — Birinchi jahon urushi: Germaniya zaharli moddalardan foydalanishni kengaytirdi, Iprdagi ingliz-fransuz qo‘shiniga qarshi jangda xlor ishlatildi.
  • 1918-yil — Turkiya bosimi ostida Kavkazorti demokratik federativ respublikasi tashkil etildi.
  • 1927-yil — «Uolt Disney»ning birinchi multfilmi — «Bo‘sh paypoqlar» namoyish etildi.
  • 1930-yil — Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh London dengiz shartnomasini imzoladi.
  • 1939-yil — Jeffri Stefenson «Slingsbi Gall» planyorida La-Mansh bo‘g‘ozi orqali birinchi parvozni amalga oshirdi.
  • 1952-yil — Nevadadagi yadro bombasi sinovini 35 million amerikalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj orqali tomosha qildi.
  • 1964-yil — Tanganika va Zanzibar yagona davlat — Tanzaniya bo‘lib birlashdi.
  • 1969-yil — AQShning Xyuston shahrida inson ko‘zini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha birinchi jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
  • 1970-yil — atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida AQSh jamoatchiligi tashabbusi bilan birinchi aksiya o‘tkazildi. Keyinchalik BMT Bosh assambleyasi bu kunni Xalqaro ona yer kuni sifatida belgilab qo‘ydi.
  • 1972-yil — Tinch okeanini yelkanli qayiqda suzib o‘tgan birinchi insonlar — Silviya Kuk va Jon Fayerfaks Avstraliyaga yetib kelishdi; ular 362 kunni dengizda o‘tkazishdi.
  • 1980-yil — Kanada Moskva olimpiadasini boykot qildi.
  • 1992-yil — Meksikaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri — Gvadalaxarada portlashlar sodir bo‘ldi. Bunga benzin quvurining yorilib ketishi va kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar sabab bo‘lgan. Bir nechta joyda yuz bergan portlashlardan 206 inson nobud bo‘lgan, 1,5 mingga yaqin kishi jarohatlangan, 15 ming kishi boshpanasiz qolgan, taxminan 450 ta korxona ziyon ko‘rgan. Jami 300 mln.dan 1 mlrd. dollargacha zarar yetgan.
  • 1993-yil — «Mosaic» veb-brauzerining birinchi versiyasi chiqdi.
  • 1997-yil — Yaponiyaning Lima(Peru)dagi elchixonasida 126 kun tutqunlikda saqlanganlarni ozod qilish bo‘yicha Peru maxsus xizmati operatsiya o‘tkazdi. Garovga olinganlarning 71 nafari ozod qilingan, 1 nafari yurak yetishmovchiligidan vafot etgan, ikki nafar harbiy halok bo‘lgan, 14 nafar jangari o‘ldirilgan.
  • 2004-yil — Shimoliy Koreyada ikki poyezdning to‘qnashib ketishi va portlashidan 150 dan ziyod inson halok bo‘ldi.

Tavallud kunlari

  • 1610-yil — Aleksandr VIII, Rim papasi.
  • 1724-yil — Immanuil Kant, nemis faylasufi.
  • 1839-yil — Avgust Vilhelm Eyxler, nemis botanigi, o‘simliklarni birinchi bo‘lib sinflarga bo‘lib chiqqan.
  • 1854-yil — Anri Lafonten, belgiyalik diplomat, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori.
  • 1887-yil — Harald Bor, daniyalik metematik, Bor-Landau teoremasi hammuallifi, fizik Nils Borning ukasi.
  • 1889-yil — Vladimir Nabokov, rus-amerika yozuvchisi.
  • 1904-yil — Robert Oppengeymer, amerikalik fizik, atom bombasini yasagan.
  • 1909-yil — Vadim Kojevnikov, rus yozuvchisi.
  • 1912-yil — Malik Qayumov, O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor, operator.
  • 1937-yil — Jek Nikolson, amerikalik aktyor, ssenariynavis va rejissyor, uch karra «Oskar» sohibi.
  • 1974-yil — Vasiliy Virastyuk, og‘ir atletikachi, «Dunyoning eng kuchli kishisi» sovrini sohibi.
  • 1982-yil — Kaka, braziliyalik futbolchi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring