Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22 yoshli o‘zbek Rossiyadagi qurilish ob’yektida vafot etdi

22 yoshli o‘zbek Rossiyadagi qurilish ob’yektida vafot etdi

Foto: «Vse42.ru»

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yil 23-iyun kuni Primore o‘lkasidagi qurilish ob’yektida baxtsiz hodisa tufayli 1997-yil 23-fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Kunuzoqov Ziyodulla Shuhrat o‘g‘li to‘satdan vafot etdi. Z.Kunuzoqov ushbu hududda 2018-yil iyun oyidan buyon qonuniy ravishda yashab kelgan va kranchi bo‘lib ishlagan.

TIV konsullik-huquqiy departamenti axborot berishicha, ayni paytda bosh konsulxona O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Z.Kunuzoqovning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring