Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

24-mart. Shotlandiya qiroli Angliya taxtiga o‘tirdi, rus imperatoriga suiqasd, Akayev tuzumining ag‘darilishi va boshqa muhim voqealar

24-mart. Shotlandiya qiroli Angliya taxtiga o‘tirdi, rus imperatoriga suiqasd, Akayev tuzumining ag‘darilishi va boshqa muhim voqealar

Foto: «Svadbagoda.org»

Bayram va muhim sanalar

  • Jahon silga qarshi kurash kuni.
  • Pokiston kuni (Pokiston).
  • Daraxtlar ekish kuni (Uganda).

Voqea-hodisalar

  • 1084-yil — nemis qiroli Genrix IV Rimni ishg‘ol qildi.
  • 1155-yil — Yuriy Dolgorukiy Kiyevni egalladi va taxtga o‘tirdi.
  • 1603 yil — Yelizaveta I vafotidan so‘ng Shotlandiya qiroli Yakov I nomi bilan Angliya qiroliga aylandi.
  • 1753-yil — Rossiya imperiyasida o‘lim jazosi bekor qilindi.
  • 1801-yil — Mixaylovskiy qasrida fitnachilar rus imperatori Pavel I joniga qasd qilishdi.
  • 1802-yil — ingliz ixtirochisi Richard Trevitik parovoz uchun birinchi patentni oldi.
  • 1882-yil — Berlin fiziologiya jamiyati yig‘ilishida nemis olimi Robert Kox sil qo‘zg‘atuvchisini topganini ma’lum qildi. Bir yildan so‘ng u vabo qo‘zg‘atuvchisini ham topdi. 1905-yili olim fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi.
  • 1896-yil — Rus fizigi Aleksandr Popov Rus fizika-kimyo jamiyatida birinchi radiosignalni uzatdi.
  • 1900-yil — Nyu-York metrosi qurilishi boshlandi.
  • 1955 yil — dunyodagi birinchi dengiz neft minorasi AQShda o‘rnatildi.
  • 1960-yil — «Tu-124» samolyotining ilk parvozi.
  • 1999-yil — NATO Yugoslaviya shaharlarini bombardimon qilishni boshladi.
  • 2001-yil — kompyuter amaliy tizimi — «Mac OS X»(«Gepard»)ning birinchi relizi.
  • 2005-yil — Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda ommaviy tartibsizliklardan so‘ng prezident Asqar Akayev tuzumi ag‘darib tashlandi.
  • 2008-yil — Pekin olimpiadasi mash’alasi yoqildi.
  • 2015-yil — Fransiyaning Din-le-Ben shaharchasi yaqinida «Airbus A320-211» samolyoti qulab tushdi. Samolyot bortidagi 150 kishi halok bo‘ldi.

Tavallud kunlari

  • 1494-yil — Georgiy Agrikola, nemis olimi, mineralogiya asoschilaridan biri (1555 yili v.e.).
  • 1921-yil — Vasiliy Smislov, shaxmat bo‘yicha 7-jahon chempioni (2010-yili v.e.).
  • 1926-yil — Dario Fo, italyan dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi.
  • 1945-yil — Kyortis Xenson, amerikalik kinorejissyor, «Oskar» laureati (2016-yili v.e.).
  • 1956-yil — Stiv Ballmer, «Microsoft» korporatsiyasining sobiq prezidenti.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring