Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

27-aprel. «Yo‘qotilgan jannat» uchun 10 funt, «Sultona», afg‘on urushining qirq yilligi, Ozarbayjon va 14 respublika hamda boshqa voqealar

27-aprel. «Yo‘qotilgan jannat» uchun 10 funt, «Sultona», afg‘on urushining qirq yilligi, Ozarbayjon va 14 respublika hamda boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Mustaqillik kuni (Togo; Serra-Leone).
  • Ozodlik kuni (JAR).
  • Ikkinchi respublika kuni (Avstriya).
  • Respublika kuni (Yoqutiston).
  • Qirol kuni (Niderlandiya).
  • Xavfsiz transport kuni (Eron).
  • Daraxt ekish kuni (AQSh).

Voqea-hodisalar

  • 1289-yil — Mamluklar sultoni Mansur Qolavun Tripolini zabt etdi. Salibchilar davlati — Tripoli grafligi tugatildi.
  • 1521-yil — dunyo bo‘ylab sayohatga chiqqan Fernan Magellan Filippinda tubjoy aholi tomonidan o‘ldirildi.
  • 1636-yil — Sna daryosi bo‘yida Tambov shahriga asos solindi.
  • 1644-yil — Kanadada birinchi marta bug‘doy ekildi.
  • 1667-yil — ko‘r bo‘lib qolgan ingliz shoiri Jon Milton o‘sha yili yozilgan va ijodining gultoji hisoblanuvchi «Yo‘qotilgan jannat» poemasiga bo‘lgan huquqlarni 10 funtga sotdi.
  • 1828-yil — London hayvonot bog‘i ochildi.
  • 1861-yil — Virjiniya AQShdan ajralib chiqqach, G‘arbiy Virjiniya Virjiniyadan ajralib chiqdi.
  • 1865-yil — Missisipi daryosining Memfisga yaqin joyida eng yirik kema halokatlaridan biri yuz berdi. AQSh janubidan ozod qilingan shimollik askarlarni olib ketayotgan «Sultona» paroxodi cho‘kib ketishi oqibatida 1653 kishi halok bo‘lgan, 741 kishi qutqarib olingan.
  • 1865-yil — Ezra Kornell va Endryu Dikson Uayt tomonidan Itakada (AQSh, Nyu-York shtati) Kornell universiteti tashkil etildi.
  • 1908-yil — Londonda IV olimpiya o‘yinlari boshlandi.
  • 1960-yil — Fransiya boshqaruvidagi Togolendning bir qismi mustaqil Togo Respublikasiga aylandi.
  • 1961-yil — Serra-Leone Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1974-yil — Leningrad yaqinida «Il-18» samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortidagi jami 109 kishi halok bo‘ldi.
  • 1975-yil — «Formula-1» poygalarida birinchi va oxirgi marta ayol kishi ochko ishladi.
  • 1978-yil — Afg‘onistonda savr inqilobi (davlat to‘ntarishi) ro‘y berdi. Fuqarolar urushining boshlanishi.
  • 1992-yil — Yugoslaviya parchalanib ketganidan so‘ng Serbiya va Chernogoriya yangi Yugoslaviya federativ respublikasini tashkil etdi.
  • 1992-yil — Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchilari kengashi Ozarbayjondan boshqa 14 sobiq sovet respublikalarini a’zolikka qabul qilishni yoqlab ovoz berdi.
  • 1993-yil — 1949-yildan beri ilk marta Xitoy va Tayvan rahbarlari uchrashdi.
  • 2005-yil — «Airbus A380» avialayneri ilk parvozini amalga oshirdi.

Tavallud kunlari

  • 1791-yil — Semyuel Morze, Morze alifbesi va yozuvchi telegraf ixtirochisi.
  • 1822-yil — Uliss Grant, AQShning 18-prezidenti.
  • 1896-yil — Uolles Xyum Karozers, amerikalik kimyogar, neylonni ixtiro qilgan.
  • 1927-yil — Yevgeniy Morgunov, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring