Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

28-aprel. Poroxli g‘alaba, «Kon-Tiki» ekspeditsiyasi, Muhammad Ali, birinchi kosmik sayyoh va boshqa voqealar

28-aprel. Poroxli g‘alaba, «Kon-Tiki» ekspeditsiyasi, Muhammad Ali, birinchi kosmik sayyoh va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni.

Voqea-hodisalar

  • 1503-yil — Cheriniola (Italiya) bo‘sag‘asidagi jang. Poroxli o‘t ochish quroli yordamida qozonilgan tarixdagi birinchi g‘alaba. Ispan armiyasi fransuzlar ustidan zafar quchdi.
  • 1784-yil — ixtirochilar B.Lonua va J.Benvenyu Fransiyada rasman tan olingan birinchi harakatlanuvchi vertolyot modelini taqdim etishdi.
  • 1788-yil — Merilend AQShning 7-shtatiga aylandi.
  • 1847-yil — Londonderridan Kvebek yo‘liga chiqqan Britaniyaning «Exmouth» yelkanli kemasi halokatga uchradi; 248 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 1852-yil — Ivan Turgenev «Moskovskiye vedomosti»da Nikolay Gogol haqida chiqqan nekrolog-maqolasi uchun qamoqqa olindi.
  • 1879-yil — Bolgariya konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1906-yil —Milan(Italiya)da Jahon ko‘rgazmasi boshlandi.
  • 1908-yil — Jahon esperanto assotsiatsiyasi (UEA) tashkil topdi.
  • 1914-yil — AQShda havo konditsioneri yaratildi.
  • 1945-yil — Ikinchi jahon urushi: Qizil armiya Reyxstagga hujum boshladi.
  • 1945-yil — Ikinchi jahon urushi: amerikaliklar Augsburgni jangsiz egalladi.
  • 1945-yil — Ikinchi jahon urushi: italyan diktatori Benito Mussolini qatl etildi.
  • 1947-yil — Tur Xeyerdal besh nafar sherigi bilan Kon-Tiki solida Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan Taiti tomon suzib ketdi.
  • 1967-yil — amerikalik bokschi Kassius Kley (bo‘lajak Muhammad Ali) AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum etildi.
  • 1968-yil — Leonid Gaydayning «Brilliant qo‘l» komediyasi ekranlarga chiqdi.
  • 2001-yil — birinchi kosmik sayyoh — amerikalik Dennis Titoning parvozi.

Tavallud kunlari

  • 1442-yil — Eduard IV, Angliya qiroli.
  • 1758-yil — Jeyms Monro, AQShning 5-prezidenti.
  • 1908-yil — Oskar Shindler, nemis tadbirkori, Ikkinchi jahon urshi yillarida mingdan ortiq yahudiyning hayotini saqlab qolgan.
  • 1916-yil — Ferruchcho Lamborjini, italyan avtomobilsozi, turkum sport mashinalari asoschisi.
  • 1924-yil — Donatas Banionis, litvalik aktyor, rejissyor.
  • 1974-yil — Penelopa Krus, ispan aktrisasi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring