Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+28. Uchta hududda kasallanish holatlari aniqlandi

+28. Uchta hududda kasallanish holatlari aniqlandi

2020-yil 3-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3843 (+28) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari esa Karantin markazidagi (shundan 9 nafari Moskvadan charter reys bilan kelgan, 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3014 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 813 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring