Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

3-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 3-aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +10 daraja, kunduzi +21 ... +23 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +12 ... +17, Urganchda kechasi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qamchiqda havo harorati kechasi 0 ... +5, kunduzi +10 ... +15, Chimyonda kechasi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +7 ... +12, kunduzi +15 ... +20 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring