Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 kun ichida 45 nafar shaxs «tonirovka» uchun ruxsatnoma oldi

3 kun ichida 45 nafar shaxs «tonirovka» uchun ruxsatnoma oldi

Foto: «do.nn.ru»

Toshkentda 23-avgustdan yengil avtotransport vositalari oynasini qoraytirishga ruxsatnomalar berila boshlandi. O‘tgan 3 kun ichida bunday ruxsatni 30 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxs olgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Oynalarni qoraytirishga ruxsatlarni Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Chilonzor, Yunusobod va Mirobod tumanlaridagi diagnostika stansiyalarida olish mumkin.

IIBBning eslatishicha, tegishli ruxsat olmasdan o‘zboshimchalik bilan avtomobillar oynalarini qoraytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga ko‘ra javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oyna tusini qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m), yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m) etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring