Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston tarixidagi ilk 3 pog‘onali ko‘prik qachon foydalanishga topshiriladi?

O‘zbekiston tarixidagi ilk 3 pog‘onali ko‘prik qachon foydalanishga topshiriladi?

Foto: «Xabar.uz»

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev Toshkent shahar hokimligi binosida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot bergani, jurnalistlarning savollariga javob qaytargani haqida xabar bergan edik.

Jurnalistlardan biri V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va «Aviator» savdo markazi yaqinidagi chorrahada qurilayotgan yangi yo‘l bog‘lamasiga oid yangi tafsilotlar, ayni paytda bu hududda tirbandlik yuzaga kelayotgani, buning oldini olish bo‘yicha qanday qo‘shimcha yo‘llar barpo etilishi bilan qiziqdi.

— Ha, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tutashgan hududda O‘zbekiston tarixidagi ilk 3 pog‘onali ko‘prik qurilmoqda. Toshkent halqa yo‘li to‘g‘rilanadi, — deb javob berdi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev. — E’tibor bergan bo‘lsangiz, militsiya akademiyasi tarafdan favvora tomon kelishda halqa yo‘l qiyshaygan joy bor. Mana shu yo‘l odamlarning uy-joylarini buzish hisobiga to‘g‘rilanadi. Eng ko‘p buzilish Mirzo Ulug‘bek tumaniga to‘g‘ri keladi.

Shavkatbek Irgashev — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi (suratda chapda)
Foto: «Xabar.uz»

Bu yerda birinchi bosqichda 21 ta hovli, 48 ta kvartira buziladi va bu yo‘l to‘g‘ri Maxtumquli ko‘chasiga tutashadi. Ikkinchi ko‘prik esa Parkent ko‘chasida barpo etiladi. U yerda tunnel, uning ustidan ikkinchi qavat quriladi. U yerda nulinchi, birinchi va ikkinchi qavatlar bo‘ladi. Shunda ilgari uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘lgan tarafda uch pog‘onali yo‘l bo‘ladi.

Qurilish ishlarini allaqachon boshlangan. Ko‘prik qurilishining birinchi bosqichi tunnelni qazish bilan boshlanadi, bir vaqtning o‘zida, tunnel o‘tkazilishi nazarda tutilgan yo‘l ostidagi kommunikatsiyalar chetga suriladi. Har yakshanba kuni soat 10 da u yerda vazirning birinchi o‘rinbosari boshchiligida shtab ishlaydi.

Ayni paytda, qurilish yakuniga qadar foydalanish uchun qo‘shimcha yo‘llar tayyorlanmoqda. Qurilish loyihasi va ishlarining barchasi mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilmoqda. Toshkent shahridagi 3 pog‘onali ko‘prik 2019-yilda foydalanishga topshirilishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring