Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3 yil texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalari yil oxirigacha inventarizatsiya qilinadi

3 yil texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalari yil oxirigacha inventarizatsiya qilinadi

Hukumat qarori bilan Majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtotransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-iyungacha:

  • majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan transport vositalarining yagona elektron bazasi shakllantiriladi; 
  • texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarganlik holatlarini «Ma’muriy amaliyot» tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmi yaratiladi.

Nizomga muvofiq, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari har yili 10-noyabrgacha texnik ko‘rikka taqdim etilmagan transportlarni ro‘yxatini tuzadi.

Texnik ko‘rikka taqdim etilmagan transport egalariga 20-noyabrgacha bildirishnomalar yuboriladi.

Shuningdek, 1-dekabrgacha oxirgi 3 yilda ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarining ro‘yxati tasdiqlanadi hamda mazkur ro‘yxat asosida 31-dekabrgacha transport vositalari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.

Inventarizatsiya bo‘yicha transport egasiga quyidagi xabarnomalardan biri yuboriladi:

  • majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida;
  • davlat raqami va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi yo‘qolganda, yangi raqam olish va ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida;
  • transport yaroqsiz deb topilganida bir oyda uni ta’mirlab yaroqli holatga keltirib texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida. Agar mazkur talab bajarilmasa transport hisobdan chiqariladi va 3 kunda uning egasiga bu haqda xabar beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring