Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

35 ming dollarlik «Amerika orzusi» chippakka chiqdi

35 ming dollarlik «Amerika orzusi» chippakka chiqdi

Shu yilning 18-avgust kuni Samarqand shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018-yil sentyabr-noyabr oylarida Pastdarg‘om tumanida yashovchi 33 yoshli Sh.T.  35 yoshli G.S. ismli ayolni AQShga ishga yuborishlikni aytgan va undan 35800 AQSh dollarini olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Lekin u shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.T.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring