Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

48 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi qahraton sovuqdan qutqarildi (foto)

48 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi qahraton sovuqdan qutqarildi (foto)

Foto: «gazeta.a42.ru»

26-dekabr kuni O‘zbekistondan Rossiyaning Krasnoyarsk shahriga ketayotgan shaharlararo avtobus Kemerova viloyati yo‘lida buzilib qolgan. Bu haqda «Gazeta Kemerova» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, salonida 48 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus kuchli sovuq harorat sabab yoqilg‘i muzlab qolishidan buzilgan.

Foto: «gazeta.a42.ru»

Avtobus haydovchisi nosozlikni bartaraf etishga urinsa-da, buning uddasidan chiqmagan. Yo‘lovchilar sovuqdan muzlab qolmaslik uchun avtobusning zaxira balonini yoqib jon saqlashgan.

Foto: «gazeta.a42.ru»

Shu yo‘ldan o‘tib ketayotgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari sovuqda qolgan yo‘lovchilarni tuman markazidagi vokzalgacha eltib qo‘yish uchun mahalliy avtobus saroyidan transport chaqirgan. Shu tarzda buzilgan avtobus garajga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring