Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

50 000 nafar xodimga ega kompaniya rahbari: «Navoiy viloyati juda qulay hudud»

50 000 nafar xodimga ega kompaniya rahbari: «Navoiy viloyati juda qulay hudud»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 11-sentyabr kuni Navoiy viloyati hokimi Qobul​ Tursunov «DT World» hamda «DP World» kompaniyalari ijrochi direktori Mahmud al Bastaki boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. Bu haqda «Xabar.uz»ning Navoiydagi muxbiri xabar berdi.

Birlashgan Arab Amirligining «DT World» kompaniyasi 1974-yilda tashkil etilgan bo‘lib, global savdo-sotiq va yuk tashish xizmati bo‘yicha jahondagi eng katta yetakchi kompaniya hisoblanadi.

«DT World» bu sohada ko‘plab korxona va tashkilotlarni bevosita boshqaradi, jumladan, dengiz va ichki terminallardan tortib, dengiz xizmatlari, logistika, qo‘shimcha xizmat turlari hamda savdoni amalga oshirish uchun kerakli texnologik yechimlargacha ta’minlaydi.

Mazkur kompaniya 40 ta xorijiy davlatda joylashgan 150 ta portda faoliyat olib boradi.

Shuningdek, 120 ta davlatda 50 000 nafar ishchisiga ega. Kompaniya har yili 70 000 ta kemaga xizmat ko‘rsatadi va bir kunda 190 000 ta konteyner tashuvlarini amalga oshiradi.

2018 yildagi savdo aylanmasi 71.4 mlrd dollarga teng bo‘lib, kompaniya daromadi 5.6 mlrd dollarni tashkil qilgan.

— Men O‘zbekiston zamini va aynan G‘arb hamda Shraq mamlakatlarini bog‘laydigan ko‘prik vazifasini o‘tayotgan, aytish joiz bo‘lsa, quruqlik transport porti uchun juda qulay hudud Navoiy viloyatiga tashrif buyurganimdan juda ham mamnunman. Bugungi kunga qadar dunyoning bir qator davlatlarida amalga oshirgan logistika yo‘nalishidagi tajribamizni sizning yurtingizda ham qo‘llamoqchimiz. Ishonmanki, boshlanajak hamkorligimiz kelgusida o‘zining ijobiy samarasini beradi, — deydi Mahmud al Bastaki.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring