Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi fojia. 52 nafar qurbonning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan (video)

Qozog‘istondagi fojia. 52 nafar qurbonning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan (video)

Kadr: «YouTube»

Bugun, 18-yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda 52 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining xabariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l olgan avtobusda jami 57 nafar odam bo‘lgan. Yong‘in chiqqan paytda 5 nafari qochib, omon qolishga ulgurgan, qolgani voqea joyida halok bo‘lgan.

Qo‘mitaning xabar berishicha, qurbon bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari edi. Voqea joyida qutqaruv tezkor shtabi tuzilib, jarohat olganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring