Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

01 571 SAV avtoraqami 220 mln so‘mga sotilgani haqiqatga zid

01 571 SAV avtoraqami 220 mln so‘mga sotilgani haqiqatga zid

Foto: «KDUZB»

2019-yilning 25-yanvarida turli ijtimoy tarmoqlar va internet resurslarida 01 571 SAV avtoraqami 220,4 mln so‘mga «O‘zRTXB» AJ ning onlayn auksionida sotilganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgandi.

Birja matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq 01 571 SAV avtoraqami oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining (RO‘DRB) ro‘yxatiga kiritilmaganligi sababli tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga zid.

Shu bilan birga, yuqoridagi qarorga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berilishi mumkin. Buning uchun transport vositalarining egalari doimiy propiska qilingan joyidagi hududiy Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlariga ariza bilan murojaat qilishlari kerak.

Xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish stavkalari eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorida belgilangan.

«O‘zRTXB» AJ OAV vakillari va blogerlardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring