Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5G tarmoqda ilk telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshirildi

5G tarmoqda ilk telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshirildi

Foto: «Mobile World Live»

Xitoyning Shenchjen shahrida beshinchi avlod mobil aloqa  tarmog‘i — 5G orqali smartfonda ilk qo‘ng‘iroq amalga oshirildi. Bu haqda «Regnum» axborot agentligi «ZTE» kompaniyasining matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Xitoyning telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchi «ZTE» kompaniyasi hamda «China Unicom» mobil aloqa operatori beshinchi avlod tarmog‘ini «ZTE» rusumli 5G-smartfonda sinab ko‘rishdi.

Jumladan, Xitoyda ishlatiluvchi «WeChat» messenjeri, internet-brauzer hamda jamoaviy ovozli chaqiruv xizmati tajribadan o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring