Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5G texnologiyasidagi ilk qo‘ng‘iroq muvaffaqiyatli amalga oshirildi

5G texnologiyasidagi ilk qo‘ng‘iroq muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Foto: «NV.ua»

Telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Xitoyning «ZTE Group» kompaniyasi mamlakatda ilk bora 5G texnologiyasidan foydalanilgan holda qo‘ng‘iroq amalga oshirilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi «NV.ua».

Mazkur telefon qo‘ng‘irog‘i 5G texnologiyasidan foydalanilgan holda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ilk qo‘ng‘iroq hisoblanadi.

«Ushbu muvaffaqiyat Xitoyni 5G texnologiyasining rivojlanishida yana bir qadam oldinga o‘tib olishiga va ushbu texnologiyani tijoratlashtirish jarayonini jadallashtirishga yordam beradi», — deydi telekommunikatsiyaga bag‘ishlangan «Cctime» sayti direktori Syan Ligan.

«ZTE» kompaniyasi amalga oshirgan qo‘ng‘iroq «China Mobile Communications Corp» kompaniyasi bilan hamkorlikda «End-to-end» 5G tizimiga asoslangan bo‘lib, yaqin orada tijoriy maqsadlarda ishga tushiriladi. Xitoy 2020-yilga qadar 5G texnologiyasini mamlakatda to‘liq yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring