Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

7-aprel. «Cho‘yan yo‘l», Ruanda genotsidi, Jeki Chan va Frank Riberi hamda boshqa muhim voqealar

7-aprel. «Cho‘yan yo‘l», Ruanda genotsidi, Jeki Chan va Frank Riberi hamda boshqa muhim voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Jahon salomatlik kuni.
  • Xalqaro Ruanda genotsidini xotirlash kuni.
  • Ayollar kuni (Mozambik).
  • Genotsidni xotirlash milliy motam kuni (Ruanda).

Voqea-hodisalar

  • 1348-yil — Pragada Karl universitetiga asos solindi (Yevropadagi eng ko‘hna universitetlardan, birinchi slavyan universiteti).
  • 1767-yil — Birma-Siam urushi (1765 — 1767). Birma qo‘shinlari Ayutthayani ishg‘ol qilishdi va butunlay yakson qilishdi. Ayutthaya podsholigi qayta tiklana olmadi.
  • 1789-yil — Salim III Usmonlilar imperiyasi sultoni bo‘ldi.
  • 1795-yil — Fransiyada qonun qabul qilinib, metrik tizim joriy etildi. Uzunlik birligi sifatida metr, og‘irlik birligi sifatida kilogramm qabul qilindi.
  • 1803-yil — «Sankt-Peterburgskiye kommercheskiye vedomosti» nashrida ilk marta «temir yo‘l» atamasi ishlatildi. Bungacha «cho‘yan yo‘l» qo‘llangan.
  • 1823-yil — Fransiya qo‘shinlari Fernando VII tuzumini tiklash uchun Ispaniyaga bostirib kirdi.
  • 1827-yil — ingliz farmatsevti Jon Uoker o‘zi ixtiro qilgan oltingugurtli gugurtlarni sotishni boshladi.
  • 1831-yil — Pedru II otasi Pedru I taxtdan voz kechganidan so‘ng Braziliya imperatoriga aylandi.
  • 1926-yil — britaniyalik Violetta Gibson Italiya diktatori Benito Mussoli hayotiga suiqasd qildi (Mussoliniga ziyon yetmadi).
  • 1927-yil — amerikalik olim Gerbert Ayvs uzoq masofaga birinchi televizion uzatishni amalga oshirdi.
  • 1939-yil — Italiya fashistlari Albaniyaga bostirib kirdi.
  • 1945-yil — Amerika bombardimonchi samolyotlari yapon harbiy floti bayroqdori bo‘lgan «Yamato» kemasini cho‘ktirib yubordi. Uch mingdan ortiq inson halok bo‘ldi.
  • 1946-yil — BMTga a’zo 26 mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomini ratifikatsiya qildi. Shundan beri bu kun Jahon salomatlik kuni sifatida nishonlab kelinadi.
  • 1989-yil — Norvegiya dengizida sobiq SSSRning «Komsomolets» suvosti kemasi cho‘kib ketdi.
  • 1994-yil — Ruandada genotsid boshlandi (bosh vazir va qo‘riqchi belgiyaliklar o‘ldirildi, 100 kun ichida 937 ming kishi halok bo‘ldi). Mamlakat aholisining beshdan bir qismi qirilib ketdi.
  • 1995-yil — Moskvada o‘n yillik restavratsiyadan so‘ng Tretyakov galereyasi ochildi.
  • 2003-yil — AQSh qo‘shini Iroq poytaxti Bag‘dodni egalladi.

Tavallud kunlari

  • 1817-yil — Franchesko Selmi, italiyalik kimyogar, kolloid kimyo asoschisi.
  • 1889-yil — Gabriela Mistral, chililik shoira, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1939-yil — Frensis Ford Koppola, amerikalik kinorejissyor, ssenariynavis, prodyuser. Olti marta «Oskar»ni qo‘lga kiritgan.
  • 1944-yil — Gerhard Frits Kurt Shryoder, Germaniyaning 1998 — 2005-yillardagi federal kansleri.
  • 1954-yil — Jeki Chan (haqiqiy nomi Chan Kon San), taniqli aktyor, rejissyor, jang san’ati ustasi.
  • 1964-yil — Rassel Krou, yangizelandiyalik aktyor, «Oskar» sohibi.
  • 1983-yil — Frank Riberi, fransuz futbolchisi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring