Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

8-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: «wpnature.com»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 8-mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +17 ... +19 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +7 ... +12, Urganchda kechasi -3 ... +2 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +17... +22 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja icciq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -6 ... -1, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +3 ... +8, kunduzi +17 ... +22 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring