Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

8-yanvar kuni Toshkent yo‘llarida 3000ga yaqin qoidabuzarlik qayd etildi

8-yanvar kuni Toshkent yo‘llarida 3000ga yaqin qoidabuzarlik qayd etildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 2019-yilning 8-yanvar kuni jami 2952 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati ma’lum qildi. Bayonnomalarning eng katta qismi (1005 ta) haydovchilarning transport vositasini xavfsizlik kamari taqmasdan boshqarishi yuzasidan tuzilgan.

Shuningdek, 430 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 266 ta odam tashish qoidalarini buzish, 13 ta xolatda xaydovchilar harakat davomida  uyali telefon foydalanishi, 11 ta xolatda haydovchilar transport vositasini mast xolatda boshqarishi, 92 ta xolatda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, 89 ta xolatda  transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarishi, 3 ta xolatda yo‘l patrul xizmati inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik, 16 ta xolatda haydovchilarning tegishli ruxsatnomasiz transport vositasini yon oynalarini qoraytirilgan xolatda boshqarishi, 512 ta xolatda piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi xolatlari aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring