Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

935 quti pirotexnika olib ketayotgan «Mercedes-Benz» to‘xtatildi

935 quti pirotexnika olib ketayotgan «Mercedes-Benz» to‘xtatildi

Foto: «IIV.UZ»

29-noyabr kuni soat 23:50 larda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani hududiga tungi xizmatga jalb etilgan, Toshkent shahar IIB YHXB xodimlari M.Musaboyev, O.Abdirimov, S.Azizboyev va S.Alimovlar tomonidan Shokir ariq ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi O.I. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salon va yukxonasida 286 quti «Britanik», 69 quti «S Novim godom», 38 quti «Snayper», 12 quti «D-12», 31 quti «Chetiryox dyuymoviy fontan», 340 quti «Zvyozdochki konfetti», 80 quti «ZIMNE OGNIE», 79 quti «Bengalskiye ogni» nomli jami 935 quti pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan mahsulotlar chora ko‘rishlik uchun tuman IIO FMBga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring